Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim holatlar uchun sanksiya berish vakolati prokuraturadan sudlarga olib berilyapti

Ayrim holatlar uchun sanksiya berish vakolati prokuraturadan sudlarga olib berilyapti

Sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qonun loyihasida prokurorlarga tegishli bo‘lgan ayrim vakolatlar sudlarga olib berilyapti. Jumladan, mazkur qonun loyihasi bilan tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga o‘tkazish taklif etilmoqda.

Bunda tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomalar prokuror tomonidan sudga kirtilishi belgilanyapti.

Shuningdek, ayblanuvchining huquq va erkinliklarini mustahkamlash maqsadida tayinlangan ehtiyot chorasini jinoyat natijasida yetkazilgan ziyon (zarar) yoki uning qoplanmagan qismi miqdoridan oshiq bo‘lishi sharti bilan garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirish tartibini belgilash taklif etiladi.

Ma’lumot uchun, shu kunga qadar «Xabeas korpus» institutining milliy qonunchilikda qo‘llanilishiga oid qator islohotlar amalga oshirilgan.

Jumladan:

  • 2008-yil 1-yanvardan boshlab jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni qamoqqa olishga sanksiya berishhuquqi sudlar vakolatiga o‘tkazildi;
  • 2012-yil 18-sentyabrdan sudga qadar ish yuritish bosqichida ayblanuvchini lavozimidan chetlatish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishtarzidagi protsessual majburlov choralari faqat sudyaning sanksiyasi asosida amalga oshirishi tartibi joriy etildi;
  • 2014-yil 4-sentyabrdan Jinoyat-protsessual kodeksiga ehtiyot choralarining yangi turi, ya’ni uy qamog‘ijoriy qilindi;
  • 2017-yil 29-martdan pochta-telegraf jo‘natmalarinixatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilishga sanksiya berish bo‘yicha vakolatlar sudlarga o‘tkazildi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring