Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobilni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlari uylarga borib ham ko‘rsatiladi – Loyiha

Avtomobilni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlari uylarga borib ham ko‘rsatiladi – Loyiha

Hukumatning tegishli qarori loyihasi bilan 2022-yil 1-dekabrdan boshlab, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, shuningdek, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish sohasidagi davlat xizmatlari qo‘shimcha to‘lov asosida planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar yordamida xizmat ko‘rsatuvchi xodimni uyiga chaqirish yo‘li orqali ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, migratsiya va transportni ro‘yxatga olish sohasidagi davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov asosida ko‘rsatishda yagona «Call center» hamda dasturiy ta’minot (mobil ilova)dan foydalaniladi.

Bundan tashqari tayyor avtotrasnport vositasi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va davlat raqam belgilari fuqarolarning xohishiga ko‘ra pochta orqali yoki qo‘shimcha to‘lov asosida doimiy yashash yoki turgan joyiga yetkazib berish xizmati joriy etiladi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga esa migratsiya
va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlari doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmagan holda ko‘rsatiladi.

Ma’lumot uchun mazkur qaror loyihasi joriy yil 8-sentyabrga qadar muhokamada bo‘ladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring