Avtomobillarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish stavkalari oshdi
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.
IIV vaziri Po‘lat Bobojonov imzolagan 2024 yil 31 martdagi 164-son bo‘yruqqa ko‘ra, endilikda elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Shuningdek, elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalaridan boshqa barcha avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Ma’lumot uchun, hozirga qadar barcha avtomobillar va tirkamalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi — 34 ming so‘m olinayotgan edi.
Shu jihatdan, 1 apreldan elektromobillar, mototransport vositalari va tirkamalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar stavkasi 15 baravarga, qolgan barcha avtomobillar bo‘yicha stavka 68,4 baravarga oshgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter