Andijonlik xalqaro olimpiada g‘olibasiga viloyat hokimi sovg‘alari topshirildi
Joriy yil 15-22 iyul kunlari Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro nemis tili olimpiasida andijonlik o‘quvchi qiz – Rayyona Ibrohimova 62 ta davlat bilimdonlari o‘rtasida faxrli birinchi o‘rinni egallagani haqida xabar berilgan edi.
Bugun, 26-iyul kuni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov olimpiada g‘olibasi, uning ota-onasi va ustozlari bilan uchrashib, o‘zining samimiy tabriklarini bildirdi.
Shuningdek, o‘quvchi qizning oilasiga viloyat hokimi sovg‘alari topshirilgan.
Ma’lumot uchun, Rayyona Ibrohimova Andijon shahridagi 10-umumta’lim maktabida tahsil oladi. Hozirda 10-sinfni tamomlab, 11-sinfga qadam qo‘ymoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter