Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ikki «daraxtkesar»ning ozodligi ikki yilga cheklandi

Andijonda ikki «daraxtkesar»ning ozodligi ikki yilga cheklandi

Andijon viloyati Izboskan tumanida ikki fuqaro noqonuniy daraxt kesgani uchun ularga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 4-aprel kuni mazkur tumanda yashovchi fuqarolar — A.A. hamda M.I. o‘zaro til biriktirib, uch tup g‘arb chinori daraxtlarini go‘yoki yashash xonadoni uchun xavf tug‘dirayotganligini va qurilish, ta’mirlash ishlariga xalal berayotganligini ro‘kach qilib kesib yuborishgan.

Bu orqali o‘simlik dunyosiga 131 million 400 ming so‘mlik ko‘p miqdorda zarar yetkazishgan.

Holat Ekologiya vazirligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, tegishli hujjatlar prokuraturaga yuborilgan. Prokuratura tomonidan esa A.A. va M.I.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

18 sentyabr kuni mazkur shaxslarga nisbatan bo‘lib o‘tgan sud ishida sudya ikki «daraxtkesar»ning har biriga keltirilgan zararni qoplash bilan birga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring