Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yer qimirladi

Andijonda yer qimirladi

Bugun, 27 avgust kuni Andijon viloyatida soat 03:11 da zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Epitsentr: Andijon viloyati, Jalaquduq tumani. Zilzila koordinatalari: 40,76 gradus shimoliy kenglik; 72,72 gradus sharqiy uzunlik.

Bo‘lgan yer silkinishi magnitudasi 4 ball, chuqurligi 15 kilometr bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Jalaquduq tumanida 3 ball, 8 km.

Qo‘rgontepa tumanida 2-3 ball, 13 km.

Xo‘jaobod tumanida 2-3 ball, 18 km.

Andijon tumanida 2-3 ball, 23 km.

Buloqboshi tumanida 2 ball, 27 km.

Xonobod tumanida 2 ball, 28 km.

Andijon shahrida 2 ball, 31 km.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring