Andijonda «Cobalt» haydovchisi YPX xodimini mashina kapotida sudrab ketdi
Andijon shahrida 19 yoshli «Cobalt» haydovchisi YPX xodimining talablariga bo‘ysunmasdan uni mashina kapotida sudrab ketdi. Holat yuzasida viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat 2022-yilning 15-sentyabr kuni tungi soat 21:58 da Andijon shahar Milliy tiklanish va A.Temur shox ko‘chalari kesishmasida xizmat olib borayotgan Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimi bilan sodir bo‘lgan. «Cobalt» rusumli 60 T 302 UA avtomashina haydovchisi 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro K.V YPX inspektorlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay ketib yuborgan.
Fuqaro K.V.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Andijon shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter