Toshkent-Andijon yo‘nalishida uchgan samolyot Namanganga qo‘ndirildi

HY-91 Toshkent-Andijon yo‘nalishida uchgan Airbus A321-253NX samolyoti Namangan xalqaro aeroportiga qo‘ndirildi. U yerdan yo‘lovchilar avtobusda Andijonga yetkaziladi.
Ma’lum qilinishicha, «Andijon» aeroportidagi ob-havo sharoiti samolyotlarning qo‘nishi uchun muammo tug‘dirmagan. Bunga aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidagi texnik nosozliklar sabab bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Andijonga parvozlar faqat Boeing 757 samolyotlarida amalga oshirib kelingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter