Afg‘onistonda 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 28 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 09:35 da Afg‘onistonda 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 36,47 gradus shimoliy kenglik; 70,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik 200 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 539 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Surxondaryo viloyatida 3 ball, 269 km.
Samarqand viloyatida 2-3 ball, 451 km.
Jizzax viloyatida 2-3 ball, 454 km.
Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 457 km.
Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 463 km.
Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 466 km.
Andijon viloyatida 2 ball, 516 km.
Namangan viloyatida 2 ball, 521 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 539 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter