9 oyda yarim million tonnadan ko‘proq shakar ishlab chiqarilgan – statistika
O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 514,2 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,5 foizga oshgan.
2023-yilning sentyabr oyida eesa yirik korxonalar tomonidan 59,7 ming tonna shakar ishlab chiqarildi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan shakar miqdori 402,1 ming tonnani tashkil qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter