7 oyda xorijga eng ko‘p olma eksport qilgan hududlar haqida ma’lumot berildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 6,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 16,9 ming tonna olma eksport qilgan.
Olma eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,3 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 7 oyida O‘zbekiston olma eksport qilgan asosiy davlatlar:
Qozog‘iston – 11,6 ming tonna
Rossiya – 3,8 ming tonna
Qirg‘iz R. – 1,2 ming tonna
Turkmaniston – 128 tonna
Joriy davrda xorijga eng ko‘p olma eksport qilgan hududlar:
Farg‘ona viloyati – 5,1 ming tonna
Xorazm viloyati – 4,3 ming tonna
Buxoro viloyati – 1,5 ming tonna
Toshkent viloyati – 1,4 ming tonna
Davstatqo‘m, shuningdek, O‘zbekiston bozorlarida olma narxining o‘zgarishi bilan bog‘liq ma’lumotlarini ham e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2022-yilning iyul oyida olma narxlari iyun oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 25 foizga arzonlashgan. Yil boshidan buyon esa o‘rtacha 15,1 foizga pasaygan.
Ma’lumot uchun, avvalroq O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 22,4 ming tonna olma mevasi import qilingani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter