Subsidiyaga uy olib bermoqchi bo‘lgan mansabdor ushlandi
Buxoro shahrida subsidiya asosida uy olib berishni va’da qilib, 600 dollar pora olgan bosh mutaxassis qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi B.O. Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi sho‘ba mudiri R.J. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqaro Z.A.ga Buxoro shahridan subsidiya asosida uy olib berish evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter