Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

500 dan ortiq «metan zapravka»larning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi – «Hudugazta’minot»

500 dan ortiq «metan zapravka»larning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi – «Hudugazta’minot»

Aholi iste’molchilarida uzilishlarning oldini olish maqsadida ayrim hududlarda AGTKShlarning faoliyatida qo‘shimcha cheklovlar kiritildi.

«Hudugazta’minot» AJ ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 13-dekabrdan poytaxt, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi AGTKShlarning faoliyatida qo‘shimcha cheklovlar kiritilib, hozirgi vaqtda belgilangan grafik bo‘yicha 1 179 tadan 547 AGTKSh ish faoliyatida.

Korxona, o‘z navbatida, fuqarolardan gaz jihozlaridan faqat birlamchi zaruriyatlar uchun foydalanishni, uydan chiqib ketayotganda imkon qadar isitish jihozlarini o‘chirishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, avalroq sovuq ob-havo sabab AGTKShlarning ish vaqti qisqartirilgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring