38 nafar yosh tashabbuskor «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Mazkur hujjat bilan o‘zining ijodiy va intellektual salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, halol va samarali mehnati, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan yurt taraqqiyotiga, uning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 38 nafar tashabbuskor va yetakchi yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 29-iyundagi farmon bilan 45 nafar yosh avlod ushbu medal bilan taqdirlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter