Tez tibbiy yordam xizmatining 35 yashar haydovchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
Chortoq tuman tez tibbiy yordam xizmati Alixon shoxobchasining 35 yashar haydovchisi YTHga uchrab halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi.
Ma’lum bo‘lishicha, A.N. navbatchilikni qabul qilgandan so‘ng, feldsher H.T.bilan birga dori-darmon olish uchun Alixondan Chortoq tuman tez tibbiy yordam markaziga yo‘l olgan. Tez tibbiy yordam xizmatining yana bir haydovchi S.I. yo‘l-yo‘lakay markazga kelish uchun mashinaga chiqib olgani aytilmoqda.
Maxsus transport vositasi Qorabog‘ qishlog‘idan o‘tib kelayotgan vaqtda oldinda harakatlanib kelayotgan Damas to‘satdan to‘xtaydi. Tez yordam haydovchisi YTHning oldini olish maqsadida mashinani rulini burib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashgan.
Oqibatda A.N. og‘ir tan jarohati olgan. U zudlik bilan Chortoq tuman tez tibbiy yordam shifoxonasiga olib kelingan. Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay 35 yashar haydovchi vafot etgan.
«Yuqorida holat yuzasidan shuni ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, sanitar mashina texnik holat soz bo‘lgan, bu baxtsiz tasodifiy YTHdir” — deyiladi xabarda.
Mashinaning old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida kelayotgan S.I. “bosh miya yopiq shikasti, peshona sohasi shilinib-yirtilgan jarohati” bilan shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat SSB matbuot xizmatiga ko‘ra, hozir uning holati qoniqarli. Feldsher YTH chog‘ida hech qanday tan jarohati olmagani aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter