Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 oyda elektromobillar savdosi 2,2 mingtaga yetgan – statistika

3 oyda elektromobillar savdosi 2,2 mingtaga yetgan – statistika

Mart oyida umumiy avtomobil bozorida faollikning pasayishi qayd etilgani (0,1 foiz yoki 115 donaga kamaygan)ga qaramay, elektromobillar bozoridagi faollik oy davomida sezilarli darajada oshdi.

Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR)ning O‘zbekiston avtomobil bozori tahlilida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, birlamchi bozorda sotuvlar 34 foizga oshgan bo‘lsa, ikkilamchi bozor 24 foizga o‘sishni ko‘rsatdi.

Umuman olganda, 2023-yilning I choragida yillik o‘sish 2 baravarga ko‘paygan holda 2,2 ming dona yengil elektromobil sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, Statistika agentligi O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 786 dona elektromobil import qilgani haqida ma’lumot bergan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring