Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2027-yilgacha tug‘uruq o‘rinlari soni 4 mingtadan ko‘proqqa oshiriladi

2027-yilgacha tug‘uruq o‘rinlari soni 4 mingtadan ko‘proqqa oshiriladi

2023–2027-yillarda tug‘uruq o‘rinlari soni jami 4 321 taga oshiriladi. Bu borada Pezidentning PQ–296-sonli tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-oktyabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning 14 hududiy filiali tashkil etiladi.

 Birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalarida «tibbiyot brigadalari»:

  • o‘zlariga biriktirilgan hududlarda homilador ayollarni aniqlaydi, ularni hisobga olish va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tashkil etadi;
  • homilador ayollar holatini doimiy monitoring qilib boradi;
  • tug‘uruqdan keyingi davrda ona va bolaning davriy patronajini olib boradi.

Markazning hududiy filiallari:

  • xavf omillari aniqlangan ayollarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi, ularni davolaydi;
  • irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarni maxsus dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi;
  • Respublika perinatal markazi esa erta tug‘uruq xavfi bo‘lgan homiladorlarga, shuningdek, muddati yetmasdan (22-28 haftalik) tug‘ilgan chaqaloqlarga barcha turdagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatadi.

 Markaz:

  • homilador ayollar va yangi tug‘ilgan bolalar skriningi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan hamda yuqori texnologik diagnostika va davolash amaliyotlarini joriy etadi;
  • akusherlik-ginekologiya, tibbiy-genetik maslahat, sog‘lom oilani rejalashtirish, molekulyar-genetik tekshiruv, plastik va estetik ginekologiya, yordamchi reproduktiv texnologiyalar xizmatlarini tashkil etadi.

2023-yil 1-oktyabrdan birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalarida mutaxassislarni joriy etilayotgan yangi tizim bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

2024-yil 1-oktyabrdan har yili 100 tagacha imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga yordamchi reproduktiv texnologiyalar usullari muvaffaqiyatli qo‘llanganda ushbu amaliyotni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi.

Qaror bilan shuningdek, Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga ko‘ra, homilador ayollar uy varaqasini raqamlashtirish va amaliyotga joriy etish nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring