2023-yilda O‘zbekiston 24,4 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilgan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi qariyb 62,6 mlrd AQSh dollariga yetgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2022 yil bilan solishtirilganda 23,9 foizga oshgan.
Bunda:
- eksport – 24,4 mlrd (23,8 foizga oshgan)
- import – 38,1 mlrd (24 foizga oshgan)
Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,9 foiz), Rossiya (15,8 foiz), Qozog‘iston (7 foiz), Turkiya (5 foiz) va Koreya Respublikasida (3,7 foiz) qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter