2022 yilda «Tez yordam»ga eng ko‘p murojaat qilgan hududlar aytildi
O‘tgan yil mamlakat bo‘yicha «Tez yordam»ga jami 13 million 22 ming 162 ta chaqiriq kelib tushgan. Bu haqda Respublika tez tibbiy yordam markazi bosh direktori Abduvoitjon G‘ofurov ma’lum qildi.
Natijada har 1 000 nafar aholiga o‘rtacha 366 ta murojaat to‘g‘ri kelgan. Shundan 1 million 180 ming 416 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizatsiya qilingan.
Qayd etilishicha, ko‘p murojaatlar:
- Farg‘ona viloyatida 1 520 448 ta (11,67 foiz),
- Andijon viloyatida 1 415 023 ta (10,87 foiz),
- Toshkent shahrida 1 280 242 ta (9,83 foiz),
- Toshkent viloyatida 1 262 187 ta (9,69 foiz),
- Namangan viloyatida 1 227 318 ta (9,42 foiz) qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, 2021-yil aholidan tez tibbiy yordam xizmatiga jami 12 million 590 ming 250 ta chaqiriq kelib tushgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter