2022-yilda O‘zbekistonga xorijdan qancha pul o‘tkazmalari bo‘lgani aytildi
Ichki valyuta bozori sharhida qayd etilishicha, 2022-yilda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistonga 16,9 mlrd dollar miqdorida valyuta mablag‘lari kelib tushgan.
Bu ko‘rsatkich 2021-yilda – 8,1 mlrd dollar, 2020-yilda esa 6 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Markaziy bankning hisobot davrida xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining o‘sishiga bergan izohida qator omillar, jumladan, Rossiyadagi geosiyosiy vaziyat sanab o‘tiladi.
Ya’ni O‘zbekistonning Bosh bankiga ko‘ra, bu:
- avval yuklab jo‘natilgan mahsulotlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) (debitor qarzdorlik) bo‘yicha to‘lovlar hamda eksport uchun oldindan to‘langan bo‘naklarning oshishi;
- Rossiyadagi geosiyosiy vaziyat ta’sirida (kapitalni saqlab qolish maqsadida) respublikadan chiqib ketgan valyuta mablag‘larining ayrim qismini eksport tushumlari ko‘rinishida hamda import shartnomalari bo‘yicha oldindan to‘lov sifatida O‘zbekistonga kirib kelishi;
- Rossiya hukumati tomonidan «parralel» importga ruxsat berilishi va Rossiya xo‘jalik sub’yektlari tomonidan Yevropa bilan bog‘liq bo‘lgan importni Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston orqali amalga oshirayotganligi respublikaga transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmiga ijobiy ta’siri bilan izohlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter