1 oktyabrdan kuchga kiradigan «svet» va gazning yangi tariflari tasdiqlandi
1 oktyabrdan kuchga kiradigan yoqilg‘i-energetika resurslarining yangi tariflari tasdiqlandi. Aholi uchun tariflar o‘zgarishsiz qolgan.
Hukumatning «Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan quyidagi yuridik shaxslar uchun tariflar oshirilgan:
- elektr energiyasi tariflari OKMK, NKMK, «O‘zmetkombinat» va budjet tashkilotlariga 1 kVt soat 1 000 so‘m, boshqa tashkilotlarga 900 so‘m deb belgilandi.
- tabiiy gaz tariflari esa OKMK, NKMK, «O‘zmetkombinat» va budjet tashkilotlariga 1 kub metr uchun 1 800 so‘m, boshqa tashkilotlar uchun 1 500 so‘m bo‘lishi taklif etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter