Zamonaviy plagiat: Eshqobil Shukurning badialari boshqa birovning imzosi bilan «kh-davron.uz» saytida e’lon qilindi
O‘g‘irlik qilganga jazo bormi? Albatta. Eski zamonlarda boshqalarga ibrat bo‘lsin deb o‘g‘rining qo‘lini kesishgan. Hozir esa O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasida o‘g‘irlik uchun o‘g‘riga jarima solishdan tortib, o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan.
Aslida o‘g‘ri uchun eng katta jazo el-yurt nazaridan qolishdir. Qayerda ko‘rgansiz el o‘g‘rini izzatlab to‘rga o‘tqazganini? Qo‘li qing‘irligi oshkor bo‘lib qolgan odamlar esa to‘y-ma’rakalarda uchovoraga ham qo‘shilolmay qolganini ko‘p ko‘rganmiz.
Bularni yozishdan maqsad o‘quvchilarimizga bir plagiatlik haqida ma’lumot berishdir. Ular orasida «kh-davron.uz» saytida «Diplomat Travel» kompaniyasi axborot xizmati xodimi Baxtiyor Salomovning «Vatanni anglash yerni anglashdan boshlanadi» (29.10.2017) va «Orim — borim» (21.01.2018) nomli maqolalarini o‘qib, yaxshi yozibdi deb muallifni alqaganlar ko‘p bo‘lsa kerak.
Alqab to‘g‘ri qilishgan. Ammo ularning haqiqiy muallifi el sevgan shoir Eshqobil Shukur bo‘lib, ushbu badialar («Yer», «Or») «O‘zbekiston ovozi» gazetasining 1999-yil 9-oktyabr sonida «O‘zligim — o‘zbekligim» degan umumiy sarlavha bilan e’lon qilingan.
Ayni paytda maqola «Xurshid Davron kutubxonasi» («kh-davron.uz») saytidan o‘chirilgan. Biroq maqola saytda e’lon qilingani haqidagi ma’lumotlar «Google» qidiruv tizimi keshlarida saqlanib qolgan.
Eng qizig‘i, bundan qariyb yigirma yil muqaddam matbuotda chop etilgan maqola Baxtiyor Salomov imzosi bilan «Betakrorbuxoro.uz» saytida ham e’lon qilingan.
Baxtiyor Salomov adabiy o‘g‘irlikdan uyalmabdimi, hali ko‘p mualliflarning ko‘p maqolalari uning nomidan e’lon qilinsa ajablanmaymiz. Ammo xalq kimning kimligini bilib qo‘ygani ma’qul.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter