Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yoshlik» jurnaliga yangi bosh muharrir tayinlandi

«Yoshlik» jurnaliga yangi bosh muharrir tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 20-aprel kuni Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi «Yoshlik» jurnali rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi.

Shoir Faxriddin Hayit jurnalning yangi bosh muharriri etib tayinlandi. U bungacha «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondining «Sog‘lom avlod» gazetasida bosh muharrir bo‘lib faoliyat ko‘rsatayotgan edi.

Aytish kerakki, 11-aprel kuni bo‘lib o‘tgan Yozuvchilar uyushmasining navbatdan tashqari yig‘ilishida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali o‘z lavozimidan ozod etilib, o‘rniga Sirojiddin Sayyid, raisning birinchi o‘rinbosari etib Minhojiddin Mirzo, yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha «Yoshlik» jurnali bosh muharriri Nodir Jonuzoq tayinlangan edi.

Faxriddin Hayit – 1980-yil 21-iyunda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanidagi Hiyobon qishlog‘ida tug‘ilgan. 1999-2003 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilish akademiyasida tahsil olgan. «Ilinj» va «Har yurakda bir Vatan» to‘plamlari muallifi. Bolalar uchun «Shokoladli tush» kitobi chop etilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasiga ham yangi bosh muharrir tayinlangan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring