Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yarim kun ham turmadi: benzin narxiga atalgan rasm o‘chirildi

Yarim kun ham turmadi: benzin narxiga atalgan rasm o‘chirildi

Taniqli rassom Inkuzart o‘zining nafbatdagi san’at asarini benzin narxi oshishiga bag‘ishlab chizgandi. Surat bir kun ham turmasdan o‘chirildi.

Chilonzor tumanining 25-mavzesida Depo Mall savdo majmuasi to‘g‘risidagi devorga chizilgan graffitida do‘ppi kiygan erkak orqa tomondan tasvirlangan va chakkasiga benzin quyadigan uskunani tiragan. Bu orqali O‘zbekistonda ayni paytda dolzarb bo‘lib turgan benzin narxlariga ishora berilgan.

Inkuzart asarlarini o‘chirish holati birinchi marta emas. Masalan, avtomobil monopoliyasiga atalgan rasm bir kun ham turib ulgurmasdan oq bo‘yoq bilan o‘chirib tashlangan edi. Yoki jadidlar haqidagi graffitilarning oldiga rastalar qurib, meva-cheva sotadigan bozorchaga aylantirishgandi.

Ayni paytda O‘zbekistonda benzin narxlari rekord darajada qimmatlagan, ya’ni yil boshidan beri 63 foizga. Bunday ko‘rsatkich mustaqil O‘zbekiston tarixida kuzatilmagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring