Yangi qaror bilan metsenatlik haqida qonun loyihasi tayyorlanadi
![Yangi qaror bilan metsenatlik haqida qonun loyihasi tayyorlanadi](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3789957624.jpg)
Illyustrativ surat
Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ikki oy muddatda «Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqishni topshirdi.
Qonun loyihasida boshqalar qatorida quyidagilar nazarda tutiladi:
— madaniyat va san’at muassasalariga, shu jumladan, jismoniy shaxslarga yordam ko‘rsatuvchi metsenatlar va homiylarga soliq imtiyozlari (chegirmalar) taqdim etish uchun huquqiy asoslar yaratish;
— soliq imtiyozlari (chegirmalar) olish huquqini saqlab qolgan holda madaniyat va san’at muassasalarini qo‘llab-quvvatlash shakllarini va uslublarini kengaytirish (muayyan ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, mol-mulk huquqini berish va hokazo);
— madaniyat va san’at muassasalarini jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy uslublarini joriy etish;
— metsenatlik va homiylik yordamini olayotganlarning hisob berish tizimini, shuningdek, ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni takomillashtirish.
Metsenat — ilm-fan va san’at sohasini rivojlantirish uchun beg‘araz va ko‘ngilli tarzda moddiy yordam ajratadigan shaxs.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter