Xorijiy kinokompaniyalar Bo‘stonliqda yig‘iladi
Xorijiy kinokompaniyalar va kinostudiyalarni mamlakatga jalb etish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yer maydoni 50 gektardan kam bo‘lmagan zamonaviy kinoshahar tashkil etiladi.
2022 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, bu haqdagi me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasi sentyabrgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kerak.
Unga ko‘ra, kinoshaharni tashkil qilish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xorijiy mutaxassislar va tashkilotlarni jalb qilgan holda jahon tajribasi o‘rganiladi va natijalari bo‘yicha kinoshahar konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Kinoshahar loyihasini amalga oshirish, moliyalashtirish manbalarini belgilash, mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish hamda qurilishini ta’minlash bo‘yicha ishlar yil oxirigacha boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter