Xivada «Raqs sehri» xalqaro festivali boshlandi (foto)
![Xivada «Raqs sehri» xalqaro festivali boshlandi (foto)](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1537564847.jpg)
Bugun qadimiy Xiva shahrida “Raqs sehri» xalqaro festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yangibozor tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari Umida Nurzoda «Xabar.uz»ga xabar berdi.
![](https://static.xabaruz.com/uploads/13/720__MwZqNw8WHNO63L6HaQhFRz2jx_6iG5dr.jpg)
Festivalda Angiliya, Italiya, Fransiya, Gollandiya, Rossiya, Quvayt, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Polsha, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston kabi 20 ga yaqin xorijiy davlatlardan 100 ga yaqin ishtirokchi raqqoslar va raqs guruhlari, shuningdek, yurtimizning turli hududlaridan ishtirokchilar qatnashmoqda.
Ochilish tadbirida viloyat hokimi F.Ermanov so‘zga chiqib, barchani bayram bilan qutladi, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
![](https://static.xabaruz.com/uploads/13/720__ZC6qlksjKLD3227-vZa5NCT4A6UXn9Kk.jpg)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter