Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Venetsiyada 79-xalqaro kinofestival boshlandi

Venetsiyada 79-xalqaro kinofestival boshlandi

Foto: Getty Images

Italiyaning Venetsiya shahrida 79-xalqaro kinofestival boshlandi.

Bu yilgi festival tanloviga 23 ta kinofilm qo‘yilgan. Ular orasida — «Chumolilar hukmdori» (rejissyor — Janni Amelio), «Kit» (Darren Aronofski), «Mallasoch ayol» (Endryu Dominik), «Tar» (Todd Fild), «Bardo» (Alexandro Inyarritu), «O‘g‘il» (Florian Zeller) va boshqalar.

Festivalni rejissyor Noa Baumbaxning «Oq shovqin» filmi ochib berdi. U Adolf Gitlerni o‘rganayotgan universitet professori haqida.

Katrin Denyov.

Birinchi kun ilk mukofot topshirildi: kino taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun fransuz aktrisasi Katrin Denyov«Oltin sher»li bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring