Ulug‘bek Qodirov qahramon roli uchun 25 kiloga ozdi
Taniqli o‘zbek aktyori Ulug‘bek Qodirov farg‘onalik urush qahramoni Mamadali Topvoldiyev rolini o‘ynash uchun 25 kilo vazn tashlagan.
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekfilm» hamda «Belarusfilm» Milliy kinostudiyasi o‘rtasida hamkorlikda «Osiyo arsloni» nomli filmda bosh rolni Ulug‘bek Qodirov ijro etadi. Mazkur biografik drama O‘zbekiston va Belarusda suratga olinadi va kelgusi yil 9 mayda premerasi bo‘lib o‘tadi.
Ulug‘bek Qodirov AQShdan O‘zbekistonga qaytib kelgan va kinolarda suratga tushishni boshlab yuborgan. U yaqinda «Yur, muhabbat» serialida rol o‘ynagandi. Endi navbat tarixiy filmga. «Osiyo arsloni» kinosining umumiy budjeti 2 mln. dollar ekani aytilgan.
Ma’lumot uchun, Mamadali Topvoldiyev 1938 yilda urushga borib, Belorussiya hududidagi janglarda katta qahramonliklar ko‘rsatib, fashistlarni larzaga keltirgan, g‘alaba uchun o‘z hissasini qo‘shgan. Uni «Kazbek» deb nomlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter