Turkiyada Prezident adminstratsiyasi simfonik orkestrining yangi binosi ochildi (foto)
Deyarli ikki asrlik tarixga ega Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (CSO) simfonik orkestrining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Asosi 1826-yilga borib taqaladigan simfonik orkestrning Anqarada qurilgan yangi binosi ochilishida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ishtirok etdi.
Jami Jon Deliorman boshchiligida o‘tkazilgan ochilish dasturida dunyoga mashhur soprano Angela Georgiu, fortepiano dueti opa-singil Guher va Suher Pekinel va pianinochi Idil Biret qatnashdi.
Bino arxitektor Semra va O‘zjan Uygur juftligi loyihasida ishlab chiqilgan. Yopiq maydoni 62 547 kvadrat metrga ega bo‘lgan yangi binoda Prezident simfonik orkestri, shuningdek Anqara davlat polifonik musiqalari xori, Anqara Turk Jahon musiqa ansambli, Anqara davlat turk xalq musiqalari xori, Anqara davlat mumtoz turk musiqalari xori va Davlat xalq raqs ansambli joylashgan. Yangi binoda 2023 kishiga mo‘ljallangan katta konsert zali, 500 kishiga mo‘ljallangan kichik konsert zali, 10 ming kishiga mo‘ljallangan ochiq konsert maydoni va Prezidenti Administratsiyasi simfonik orkestri muzeyi ham mavjud.
Prezidenti Administratsiyasi simfonik orkestri binosi, mamlakatdagi simfonik orkestr uchun mo‘ljallangan ilk bino hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter