Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro animatsion forumi g‘oliblari aniqlandi

Toshkent xalqaro animatsion forumi g‘oliblari aniqlandi

18-22 aprel kunlari Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan Toshkent xalqaro animatsiya forumi o‘tkazildi. Forum Shveysariya va Isroilning O‘zbekistondagi elchixonalari, Toshkentdagi Gyote instituti, Bazelevs kinokompaniyasi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Milliy kinofondi hamda «DRF» community independent filmmakers of Uzbekistan» kinostudiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda Germaniya, Gruziya, Isroil, Ozarbayjon, Tojikiston, Rossiya, Ukraina, Chexiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlaridan animatsiya mutaxassislari, shu bilan bir qatorda o‘zbek animatorlari va «Aqlvoy», «Bolajon» telekanallaridan vakillar ishtirok etishdi.

Forum doirasida bolalar uchun turli tadbirlar, vorkshoplar, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlar, milliy va xorijiy multqahramonlar ishtirokida chiqishlar, fleshmob va boshqa bayramona shoular taqdim etildi.

Shuningdek, Anton Bolkunov, Elchin Xami Axundov, Zurab Diasamidze, Yuliya Drobova, Maks Epshteyn, Karina Xananeya kabi animatsiya mutaxassislari tomonidan mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari forum ishtirokchilariga O‘zbekiston milliy kinofondidan joy olgan bolajonlar auditoriyasiga mo‘ljallangan klassik animatsion filmlar namoyish qilindi. Yosh animatorlarning «Moments», «Moya mama poxoja na mikrovolnovuyu pech», «Ya tebya pomnyu», «Zoopark» nomli qisqa metrajli animatsion filmlari taqdimoti tashkil etildi.

Forum doirasida rossiyalik jurnalist, animatsiya tanqidchisi Dina Goder bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon «Nedetskaya Animatsiya» nomli ma’ruza bilan ishtirok etdi.



Shuningdek, xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan «Huwaydo» , «Devushka i oblako», «La Gare», «Blake Inmortales Ayan Marokkanskiy», «Author And The Nose» ,»Ne vixodya iz komnati», «The Sound of Silence», «Lastik», «NOT DED» kabi mashhur animatsion filmlar tomoshabinlarga taqdim etildi.

«Bazelevs Animation», «Futurist», «Dip animation» studiyalari va «Bolajon» telekanali faoliyati bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

Forum so‘ngida g‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlandi:

«Gran pri» – «Na ptichix pravax « Anita Chernxi (Qozog‘iston)

Hakamlar hay’ati e’tirofi - «Devushka i oblako» - Shokir Xoliqov (Uzbekiston)

Hakamlar hay’ati e’tirofi - «Sound of Silence» - Farhod Gafforpur (Tojikiston)

Yosh hakamlar sovg‘asi - «Author and the Nose» - Janna Abasova (Kirg‘iziston,Turkiya)

Animatsiya sohasi rivoji uchun qo‘shgan hissasi uchun maxsus mukofot - Elchin Xaami Axundov (Ozarbayjon)

Eng yaxshi daqiqali film - «Delo Semeynoye» – Malikaxon Zaynutdinova.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring