Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro animatsion forumi start oldi

Toshkent xalqaro animatsion forumi start oldi

Bugun Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan bir necha hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro animatsion forumi boshlandi.

Forum oldidan OAV vakillari, mutaxassislar, ijodkorlar va yoshlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy kinematografiyani rivojlantirish Markazi direktori Ma’ruf Muxtorov, vakil Barno O‘ngboyeva, jurnalist Shohira Raufboyeva, forum tashkilotchisi Dante Rustav va Javlon Kamalov, Respublika Milliy kinofondi direktori Eljon Abbasov ishtirok etishib, OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

Matbuot anjumanida forum doirasida namoyishlari kutilayotgan o‘zbek va xorij animatsion filmlari tanishtirildi.

Shuningdek, dasturdan o‘rin olgan barcha tadbirlar, vorkshoplar, mahorat darslari va boshqa uchrashuvlar haqida qisqacha ma’lumotlar berildi.

So‘ng, forumning tantanali ochilish marosimi bo‘ldi. Unda o‘zbek milliy va jahonning ko‘zga ko‘ringan multqahramonlari ishtirokida musiqali bayram konserti taqdim etildi.

Hafta davomida forumda o‘zbek va jahonning eng qiziqarli animatsion filmlarining namoyishlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring