Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda ilk bor baxshichilik san’ati festivali o‘tkaziladi

Surxondaryoda ilk bor baxshichilik san’ati festivali o‘tkaziladi

5-10-aprel kunlari Surxondaryo viloyatida «Xalqaro baxshichilik san’ati»  festivali bo‘lib o‘tadi. Unda yurtimizning barcha hududlaridan, shuningdek 86 davlatlardan baxshi-shoir, oqin, jirovlar, xorijiy davlat vakillari, folklorshunos olim, nufuzli san’at namoyondalari hamda ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.

Aytish kerak, ushbu festivalga Surxondaryo viloyatda alohida tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Jumladan, Termiz shahrining asosiy ko‘chalari va tadbir o‘tkaziladigan asosiy maydon bayramona bezatilgan. OAV xodimlari uchun Matbuot markazi shay holatga keltirildi. Shuningdek, Termiz xalqaro aeroporti, Temir yo‘l vokzali va festival o‘tkaziladigan San’at saroyi hududi alohida tayyorgarlik, qurilish-obodonlashtirish ishlari yakunlanish arafasida.

Bir so‘z bilan aytganda, ishtirokchilar va uni tomosha qilishga keladigan mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Nargiz Rahmatullayeva,
jurnalist

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring