Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhratning «Oltin zanglamas» asari ekranlashtirilmoqda

Shuhratning «Oltin zanglamas» asari ekranlashtirilmoqda

Foto: O‘zA

Shu yilning 13-iyul kuni «O‘zbekkino» milliy agentligi Badiiy kengashida rejissyor M.Qoraboyevning buyuk alloma, kalom ilmining asoschilaridan biri Abu Mu’in Nasafiyning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan «Haqiqat qilichi» hujjatli filmi muhokamadan o‘tdi.

Badiiy kengash a’zolari buyuk mutafakkir haqida ilk marta film suratga olinganini alohida ta’kidlab, ijodkorlar tomonidan allomaning hayoti va faoliyati to‘g‘risida yaxlit tasavvur beruvchi manzara yaratilganini e’tirof etishdi. Kinokartina kengash a’zolari tomonidan ma’qullandi va keng namoyishini tashkillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Badiiy kengashda rejissyorlar F.Mirzayevning «Abdulhaq Abdullayev» hujjatli filmi, M.Erkinovning «O‘zbekiston milliy parlamenti tarixi» hujjatli filmi, U.Malikovning «Qadimiy Buxoro» hujjatli filmi, D.Po‘latovning «O‘zbekiston» kinojurnali 1-soni, D.Vlasovning «Uzviylik» va A.Muhamedovning «G‘ildirakli uy» multfilmlari hamda muallif Sh.Subhonovning «Kulcha» qisqa metrajli badiiy filmi adabiy ssenariysining qayta ishlangan varianti ko‘rigi va muhokamasi o‘tkazilib, ijodiy jamoa vakillariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, «Oltin zanglamas» (Shuhrat) hujjatli filmini o‘zgartirish masalasi ham ko‘tarilib, mutaxassislarning takliflari o‘rganildi.

Eslatib o‘tish kerak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017 yil 29 dekabr kuni milliy kino san’ati va kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va bu borada mavjud muammolarni hal etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Termiziylar sulolasi, Imom Moturidiy, Abu Mu’in Nasafiy, Bahouddin Naqshband kabi ulug‘ ajdodlarning bebaho merosiga bag‘ishlangan badiiy va hujjatli filmlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring