Shofirkonda katta kitob do‘koni ish boshladi

Shofirkon tumani markazida «Buxoro kitob olami» kitob do‘koni ish boshladi. Bu haqda Shofirkon tuman hokimligi ma’lum qildi.
3 qavatdan iborat do‘konda kitobxonlar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan, elektron kutubxona va mutolaa burchagi ham tashkil etilgan.
- 800 million so‘mlik o‘z mablag‘im hamda bankdan olingan 200 million so‘m evaziga qurib bitkazilgan do‘konda 4 ming nomdagi ilmiy-texnik, siyosiy-huquqiy, badiiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalari, bolalar adabiyotiga oid 6 mingdan ortiq kitob, o‘quv qurollari, ish qog‘ozlari va jihozlari sotilmoqda. Hamkorimiz “Buxoro kitob olami”ning 67 million so‘mlik kitoblari bilan rastalarimiz yanada boyidi, — dedi tadbirkor o‘qituvchi Ziyodullo Bahronov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter