Shavkat Mirziyoyev Xalqaro maqom san’ati anjumanini ochib berdi

Avval xabar berganimizdek, Shahrisabz shahrida bugun, 6-sentabr kuni Xalqaro maqom san’ati anjumanining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shahrisabz shahridagi Oqsaroy maydoni hududida maqom san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar namoyishi va sotuvi yo‘lga qo‘yilgan.
Xalqaro maqom san’ati anjumani bu yil birinchi marta o‘tkazilmoqda. Prezident qaroriga muvofiq, uning har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter