Ziroat Mirziyoyevaga Qatarda noyob eksponatlar ko‘rsatildi (foto)
O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Qatar milliy muzeyi va Islom san’ati muzeyi bilan tanishdi.
Qatar milliy muzeyi 2019 yilda ochilgan. U yerda Qatar Davlatining tarixi, qatarliklar urf-odati va an’analari hamda mamlakatdagi islom obidalari haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Mehmonlar Fors ko‘rfazining tabiati va undagi turli noyob jonivorlarning hayoti bilan ham yaqindan tanishishlari mumkin.
Islom san’ati muzeyi Qatarning diqqatga sazovor joylari orasida alohida o‘ringa ega.
Muzey Doha sohilidagi sun’iy orolda joylashgan bo‘lib, 5 qavatdan iborat. 2008 yilda ishga tushirilgan.
Bu dargoh an’anaviy madaniyat xilma-xilligini va islom san’ati serqirraligini ifodalovchi ramziy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Unda Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlarida VII asrdan XIX asrga qadar mavjud bo‘lgan islom san’ati buyumlari o‘z aksini topgan. Muzey qoshida kutubxona va 200 o‘rinli o‘quv zali, restavratsiya laboratoriyasi va taqdimot o‘tkazish uchun qator xonalar mavjud.
Yana bir e’tiborli jihati, bu muzeyda Samarqanddan keltirilgan Qur’on sahifasi nusxasi ham bor. Bularning hammasi xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, ma’naviy mushtaraklikdan dalolat beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva yirik anjumanda qatnashgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter