«O‘zbekkonsert» direktori riyoga berilgan san’atkorlarni qattiq tanqid qildi (video)
Bugun, 31-may kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasida «Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi» mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishni olib borgan «O‘zbekkonsert» direktori Odil Abduqahhorov san’atkorlarning jamoatchilik o‘rtasida o‘zini tutishi, ayrim xatti-harakatlari bilan aholi, ayniqsa, yoshlarga noto‘g‘ri o‘rnak bo‘lishayotgani, san’at vakillari o‘rtasida riyokorlik avj olib borayotgani xususida to‘xtalib o‘tdi:
— Hozir O‘zbekistonda xohlagan joyda xohlagan odam namozini o‘qib ketadi, bunga barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Lekin bitta narsani o‘zingiz uchun bilib oling. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shayton (unga Allohning la’nati bo‘lsin) bilan suhbatlashganida, undan: «Eng og‘ir holga qaysi paytda tushasan?» deb so‘raganida, shayton: «Allohning bandalari hech kimga bildirmasdan, hech kimga ko‘rsatmasdan namoz o‘qiganda men isitmalayman», — deb aytgan ekan.
Bizga uyat-ku, masjidda 20-100 ta odam namoz o‘qiyapti, san’atkorimiz o‘tiribdi-da, qolganlar hammasiz ibodat bilan band, bittasi kallasini chiqarib, ibodat qilmasdan, bu yoqda fotograf borib, uni panorama qilib, fokus qilib suratga olgan. Shu suratni tarqatib yuborayapti. Uyat-ku bu! Nimaga keragi bor bu narsalarning? Mana, xudoga shukur, imkoniyat berildimi, o‘zingiz uchun o‘qing namozni! Nima qilasizlar ko‘z-ko‘z qilib?! Islomda riyo degan narsa bor, riyo — amallarini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilish. Bu — eng og‘ir gunohlardan biri. Odam qilayotgan ishini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilsa bu gunoh hisoblanadi. Bu narsalar qilinsa, Alloh uchun qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter