Rashid Malikovning «Sabot» filmi «Yevraziya» kinofestivalida qatnashadi
«Kinematografiyani rivojlantirish markazi» hamda «Yosh kinoijodkorlar kengashi» boshchiligidagi 15 kishidan iborat delegatsiya 2018-yilning 1-7-iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan «Yevraziya» xalqaro kinofestivalida ishtirok etishadi.
Mazkur festival xalqaro kinoprodyusserlar assotsatsiyasi (FIAPF) ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, Qozog‘iston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan 14-bor o‘tkazilmoqda.
«Yevraziya» kinofestivalining asosiy tanlovida kinorejissyor Rashid Malikovning «Sabot» hamda yosh kino ijodkorlar Abduazim Ilhomjonov va Botir Abduraxmonovning «Mama» deb nomlangan qisqametrajli filmi ishtirok etadi. Festivalning «Karavan» deb nomlangan maxsus seksiyasida esa Jahongir Qosimovning «Nazira» badiiy filmi namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, mazkur festival doirasida shu yilning kuzida poytaxtimizda ilk bor bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan «Prologue» halqaro kinofestivali tashkilotchilari o‘rtasida hamkorlik shartnomasini imzolanishi hamda festival kinobozorida maxsus pavilon tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil Qozog‘iston Respublikasida «O‘zbekiston» yili deb e’lon kilingan. «Yevraziya» xalqaro kinofestivali esa Ostona shahrining 20 yillik yubileyi arafasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter