O‘zbekistonlik ekstremal turistlar Buyuk Britaniyada bo‘lib qaytishdi
Yaqinda parkentlik sayyohlar jamoasi tashkilotchi Po‘lat Serikbayev boshchiligida Buyuk Britaniyada sayohatda bo‘lib qaytishdi.
— Yoshlarimiz Somerset shahri yaqinidagi oromgohda joylashdilar. Bir haftalik sayohat qanday o‘tib ketganini payqamay ham qoldik. Dinara va Amir Kendirovlar, Zlata Linchenkolar bir necha yillardan beri sportning ekstremal turizm turi bilan shug‘ullanib keladilar. Ular tog‘da yurib, turli mashqlarni bajarishga usta bo‘lib ketishgan. Skalodromga ko‘tarilishda ham ular mohirliklarini ko‘rsatib berishdi, — dedi Po‘lat Serikbayev safar tafsilotlariga to‘xtalarkan.
Po‘lat Serikbayevning aytishicha, o‘tgan yili angliyalik yoshlar quyoshli yurtimizga kelib, bir olam taassurotga ega bo‘lishgan. Ayniqsa, mehmonlarga tumanning so‘lim tabiati, buloqlarining shifobaxsh suvlari yoqib qolgan. Ular Parkent tumanidagi go‘zal qishloqlardan tortib qadimiy ziyoratgohlargacha sayohat qilishgan.
Keyin ikki mamlakat ekstremal turistlari hamkorlik qilishga kelishib olishgan.
— Biz ikki mamlakat o‘rtasida ekstremal turizmni yanada rivojlantirishni niyatidamiz. Hozirda o‘zaro turizm o‘yinlari va sayohatlarni ko‘ngildagidek tashkil etib kelyapmiz, — dedi Po‘lat Serikbayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter