Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiya tuziladi

O‘zbekistonda UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiya tuziladi

Hukumat qarori bilan UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, quyidagilar Komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • ta’lim;
  • ilm-fan;
  • madaniyat;
  • ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar.

UNESCO va Ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkilotining (AYSESKO) faoliyatida O‘zbekistonning xalqaro obro‘si va rolini mustahkamlash, UNESCO va AYSESKO dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Nizomga muvofiq umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tegishli hududlarda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish loyihalari Komissiya bilan kelishiladi.

Komissiya tarkibiga Komissiya raisi, uning o‘rinbosarlari, Bosh kotib va Komissiya a’zolari kiradi.

Komissiyaning navbatdagi umumiy majlislari har yili kamida bir marta, navbatdan tashqari majlislar esa zudlik bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan chaqiriladi. Komissiya qarorlari ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va qarorlarning mazmuni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Komissiyaning Bosh kotibi vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi va Prezident bilan kelishilgan holda Hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

UNESCO va AYSESKO tadbirlarida ishtirok etish uchun vakillarni tanlash bo‘yicha takliflar tayyorlash Komissiya kotibiyatining asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring