O‘zbekistonda yana bir yangi adabiy janr yaratildi
O‘tgan yili, 2018-yilning 5-iyunida «Odam va Omad». 28 yilda yozilgan zarbuldoston» xabari tarqatilgan edi. Unda shoirning 2500 nusxada chop etilgan «Odam va Omad» nomli zarbuldostoni Intellektual mulk agentligi tomonidan adabiyotdagi ilk janr sifatida 2018-yil 25-mayda ro‘yxatga olingani va muallifga bu haqda guvohnoma berilgani, ushbu guvohnoma Butunjahon Mualliflik huquqlari Konvensiyasiga a’zo 167 ta davlatda amal qilishi xususida muxtasar ma’lumot berilgandi.
Mana, oradan roppa-rosa 1 yilu 6 oy o‘tib, izlanuvchan iste’dodli shoir Safar Olloyor adabiyotda yana bir yangi janr «QO‘ShSATR»ga asos soldi. «Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, kuni kecha 001777-raqam bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan Safar Olloyorga badiiy adabiyotda ilk janr «QO‘ShSATR» muallifi sifatida guvohnoma berildi.
Agar 8 ta mustaqil dostondan tarkib topgan ilk zarbuldoston poeziyada eng katta janr hisoblansa, atigi ikki satrdan iborat QO‘ShSATR esa, eng kichik she’riy janr sanalishi aniq. Bundan kichigi bo‘lishi mumkin emas, chunki she’riy satrlar o‘zaro qofiyalanishi lozim. Demak, hamyurtimiz she’riyat atalmish sarhadsiz ijod ummonida ham MINIMUM, ham MAKSIMUM janriy qurilishlar mezoniga asos solgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter