O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida kinoloyihalarning eng yirik portfeliga ega
MDH Ijroiya qo‘mitasida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning yirik kinostudiyalari rahbarlarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muhokamada MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari, kino ishlab chiqarish sohasi mutaxassislari, mamlakatlar vazirlik va idoralari vakillari ham ishtirok etdi.
Hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yakunlari sarhisob qilindi, shuningdek, o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lum qilindi.
Uchrashuvda ishtirok etgan kinostudiyalar o‘zaro hamkorlikka yo‘naltirilgan loyihalarini taqdim etdi. Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ko-produksiya formatidagi joriy loyihalar haqida ma’lumot berdi. Ozarbayjon bilan hamkorlikdagi «Xo‘ja Nasriddin», Tojikiston bilan hamkorlikdagi «Navoiy va Jomiy» va «Ko‘rinmas yulduz», Rossiya bilan hamkorlikdagi «Pari sovg‘asi», «Baron» va «Quyosh ta’mi» hamda beshta hujjatli film, Belorus bilan hamkorlikdagi «Kazbek» va «Uzbechka», Qozog‘iston bilan hamkorlikdagi «Qo‘shnilar» va «Eshelonlar Sharqqa ketadi» va «Qorqut ota» loyihalari shular jumlasidan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter