Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi

Foto:«Sputnik»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi.

Qaror bilan, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi, deya yozdi Edu.uz kanali.

Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tizimidagi Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktabi Akademiya tizimidagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga aylantirildi.

Qarorga muvofiq, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida Akademiya huzurida ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlari tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarda ta’lim 1-4-sinflarda, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 1-11-sinflarda olib boriladi.

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Akademiya va maktab-internatlarning rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilari tarkibi faoliyatining samaradorligini tasdiqlangan maqsadli dasturlar bo‘yicha reyting baholash tizimi joriy etiladi.

Raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va boshqalar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring