O‘zbek kinosida og‘ir judolik. Shuhrat Abbosov vafot etdi
Bugun, 25-aprel kuni SSSR xalq artisti, O‘zbekiston xalq artisti, taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga u kishining shogirdi, rejissyor Rustam Sa’diyev ma’lum qildi.
Shuhrat Abbosov 1931-yilning 16-yanvarida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tavallud topgan. Uning «Mahallada duv-duv gap», «Toshkent — non shahri», «Otamdan qolgan dalalar» kabi bir qator filmlari xalq qalbidan joy olgan.
So‘nggi kunlarda Shuhrat Abbosov sog‘ligi yomonlashgani sababli shifoxonada davolanayotgan edi.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
1958-yil – “Mosfilm” qoshidagi oliy rejissyorlik kursi («Mosfilm» qoshidagi oliy rejissyorlik kursiga o‘qish uchun Moskva shahriga 1956-yili yo‘llanma olgan).
«Shuhrat» medali, «El-yurt hurmati» ordeni.
1959-yil – «Sen yetim emassan» – postanovkachi-rejissyor ( Mayna shahrida bo‘lib o‘tgan XKF sovrindori)
1965-yil – «Prozreniye» / Quyosh sen uchun / - postanovkachi- rejissyor
1967-yil – «Toshkent – non shahri» – postanokachi-rejissyor
1971-yil – «Muhabbat mojarosi» – postanovkachi-rejissyor ( Olma-ota da bo‘lib o‘tgan KF ning «Eng yaxshi tasviriy yechim» yo‘nalishi sovrindori)
1974-yil – «Abu Rayhon Beruniy» – postanovkachi-rejissyor ( Kishinev shahrida bo‘lib o‘tgan KF bosh sovrini hamda Tehron XKFning «Oltin delfin» mukofoti sovrindori)
1980-yil – «Olovli yo‘llar» – postanovkachi-rejissyor (Bokuda bo‘lib o‘tgan KF bosh sovrini)
1990-yil – «Katta urushdagi kichik odam» – postanovkachi – rejissyor.
1998-yil - «Ajdodlar zamini» – postanovkachi – rejissyor (Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan milliy KF bosh sovrini).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter