«Baron-2» kinoloyihasiga start berildi. Unga bir necha davlatdan aktyorlar chaqiriladi
Joriy yilning 6-fevral kuni «O‘zbekkino» milliy agentligi qoshidagi Badiiy kengash a’zolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilish kun tartibidan jami 7 ta masala o‘rin oldi:
1. Rejissyor Hilol Nasimovning «Yovqurlar» nomli badiiy filmi rejissyorlik ssenariysi muhokamasi — film senariyi ma’qullandi;
2. Mualliflar Madina Mo‘minova va Rustam Sa’diyevning «Baron-2» nomli ikki qismli badiiy filmiga mo‘ljallangan adabiy ssenariy loyihasi taqdimoti — film ishlab chiqarishga tushirildi;
3. Muallif Jasur Is’hoqovning rus tilidagi «Под небом единным» nomli ikki qismli hujjatli filmiga mo‘ljallab yozilgan ssenariysi muhokamasi — film ishlab chiqarishga tushirildi;
4. Rejissyor G‘iyos Shermuhammedovning «Navoiy anjumani» nomli hujjatli filmi rejissyorlik senariysi muhokamasi — film ishlab chiqarishga tushirildi;
5. Muallif B.Madiyarovning «Mo‘ynoq — do‘stlik o‘lkasi» nomli ikki qismli hujjatli filmiga mo‘ljallab yozilgan adabiy ssenariysi muhokamasi — film ishlab chiqarishga tushirildi;
6. Muallif Olimjon Davlatovning «Navoiy vorislari» nomli hujjatli filmi sinopsisi muhokamasi — filmni ishlab chiqarish uchun tayyorgarlik ko‘rishga ruxsat berildi;
7. Muallif S.Rustamning «Kenja botir - 2» nomli multfilmiga mo‘ljallab yozilgan adabiy ssenariyning qayta ishlangan varianti muhokamasi — film ishlab chiqarishga tushirildi.
«Baron-2» filmi loyihasiga taniqli chet ellik kinoaktyorlarning jalb etilib, filmning o‘zi bir qator xorijiy mamlakatlar hududida tasvirga olinishi ko‘zda tutilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur loyiha uchun Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Suriya, Qozog‘iston va Tojikiston kabi davlatlardan aktyorlar taklif etilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter