O‘zbek kinolari ilk bor Yevropa kinobozorida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro Berlin kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tayotgan «Europian Film Market» kinobozorida birinchi marta o‘zining milliy filmlari taqdimoti bilan ishtirok etmoqda.
Jumladan, «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasi asosida yaratilgan «Elparvar», «Sabot», «Sarvqomat dilbarim» va «Issiq non» kabi badiiy filmlar xorijlik kinosanoati vakillariga taqdimot qilinib, ularni sotish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda.
Hamkorlikda filmlar yaratish bo‘yicha hamda o‘zaro filmlar almashib halqaro xududlarda namoyish qilish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi. Yuqorida zikr etilgan filmlarimiz umuminsoniy qarashlarni ifoda etgani uchun xam xorijlik mutaxassislarining qiziqishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga muzokaralar natijasida mazkur filmlarni texnik tomondan jahon standartlari talablari asosida tayyorlagan holda ularga yetkazib berish, shuningdek kelgusida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter