«Oppengeymer» rejissyoriga ritsar unvoni beriladi
Britan va Amerika kinorejissyori, ssenariynavis va prodyuser Kristofer Nolanga ritsarlik unvoni beriladi. Bu haqda Sky News Buyuk Britaniya hukumatining ochiq ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.
«53 yoshli Nolan faoliyatidagi ilk «Oskar» mukofotini (eng yaxshi rejissyor) mart oyida «atom bombasining otasi» haqida suratga olingan «Oppengeymer» biografik filmi uchun qo‘lga kiritgandi. «Oppengeymer», shuningdek, «eng yaxshi film» nominatsiyasini ham oldi, mavsumning eng sovrindor kinoasariga aylandi», — deb yozdi kanal.
Kristofer Nolan «Esla» (2000), «Betmen: Ibtido» (2005), «Qora ritsar» (2008), «Ibtido» (2010), «Interstellar» (2014), «Betmen Supermenga qarshi» (2016), «Dyunkerk» (2017) kabi o‘nlab filmlari bilan tilga tushgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, Kristofer Nolanning rafiqasi Emma Tomasga ledi (xonim) maqomi beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter