Nukusda baxshichilik maktabi, Toshkentda «Yalla» ansambli
Nukus shahridagi 23-son bolalar musiqa va san’at maktabi baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga aylantiriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining “Baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasida ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, maktab-internatning 2020-2021-o‘quv yilida 5, 6 va 7-sinflariga hamda 2021-2022-o‘quv yilida 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
Shuningdek, hukumatning “Yalla” estrada vokal-cholg‘u ansambli ijro uslubini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ham muhokamaga qo‘yilgan.
Qaror bilan, 2020-2021-o‘quv yilidan Toshkent shahridagi 22-son bolalar musiqa va san’at maktabi negizida “Yalla” estrada vokal-cholg‘u ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi va studiyasi tashkil etilishi mumkin.
Milliy estrada san’atini o‘zbek an’anaviy ijrochilik uslublari bilan hamohang tarzda, milliy va umuminsoniy qadryatlar bilan uyg‘unlashgan holda rivojlantirish maktabning asosiy vazifalaridan etib belgilanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter