Natali Delon vafot etdi
Fransuz aktrisasi Natali Delon, aktyor Alen Delonning sobiq rafiqasi, payshanba kuni 79 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, dedi ularning o‘g‘li Antoni.
Natali va Alen 1964-yildan 1968-yilgacha turmush qurishgan. Ularning o‘g‘li ham aktyor bo‘lgan.
«Joyingiz jannatda bo‘lsin, onajon», — deb yozgan Antoni Delon Instagramdagi sahifasida. Aktrisaning o‘limi sabablari aytilmagan.
Natali Delon o‘nlab filmlarda suratga tushgan. Jumladan, u Per Melvilning «Samuray» (1967) filmida Alen Delon bilan rol ijro etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter